Nega issiq kunda sovuq suv ichmaslik kerak?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-07-2024, 15:24

☀️ Jazirama kunlarda muzdek suv ichib, chanqog‘imizni bosishga urinamiz. Muzlatkichda turgan meva-sabzavotlarni iste’mol qilib, hovurimiz pasayganday tuyuladi. Ayniqsa, issiq zabtiga olganda, muzqaymoq go‘yo jonning rohati.

???? Ammo yoz chillasida past haroratdagi mahsulotlar organizmni sovitishga emas, aksincha qizdirishga xizmat qilishi haqida bilarmidingiz? Xo‘sh, mutaxassisning bu boradagi xulosa va tavsiyalari qanday?

Akmal RAHMATULLAYEV, Milliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari:

▶️ — Issiq kunlarda muzdek suv va mahsulotlardan tiyilish kerak, — deydi mutaxassis. — Bu tavsiyani faqat tomoq yoki boshqa ichki a’zolarni shamollatib qo‘ymaslik uchungina bermaymiz.

♻️ Gap shundaki, yuqori haroratda tana o‘zini tabiiy sovitish xususiyatiga ega. Ayni sababdan issiqda ko‘p terlaymiz. Bunday paytda muzdek suv ichsak nima bo‘ladi? Organizm, avvalo, uni isitishga majbur bo‘lib, ikki hissa ko‘p energiya sarflaydi. Oqibatda tana sovish o‘rniga yanada qiziydi. Bu esa organizm uchun stress.
????Xuddi shunday, muzqaymoq yoki oqsilga boy boshqa mahsulotlarni hazm qilish uchun ham organizm o‘zidan juda ko‘p issiqlik chiqarishi kerak. Buning uchun, birinchi galda, tana oshqozonga tushgan muzdek mahsulotni normal haroratgacha qizdirishi lozim.
???? Bu jarayon esa organizmni zo‘riqtirib, shundoq ham issiq tanada harorat oshishiga olib keladi. Oqibatda kuchli charchoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Bosh yoki yurak sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi.
???? Qolaversa, terlab sovuq suv ichish qon tomirlarini toraytirib, spazm hosil qiladi va organizmda ovqatning qayta ishlash jarayonlarini sekinlashtiradi.
????Muzdek suyuqlik yog‘li taomlar bilan ichilganda yog‘ning organizmga so‘rilishi qiyinlashadi. Bu ham salomatlik uchun juda xavfli.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati