Tel-Aviv aholisi Netanyaxudan norozi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 06:14
Isroilning Tel-Aviv shahrida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Minglab odamlar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning iste’fosini talab qilmoqda. Ular orasida 1973 yilgi Yom Kippur (mahshar) urushida qatnashgan Isroil armiyasi faxriylari guruhi ham bor. Ular muddatidan oldin saylov o‘tkazish va G‘azo sektoridan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni ilgari surgan. Namoyishchilar hukumat binolari oldida to‘plangan.

Polisiya shahar markazida transport harakatini to‘sib, to‘siqlar o‘rnatgan. Namoyishlar Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani fonida o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati