Chilonzorda BMW, Matiz, KIA va Malibu 2 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 06:12
Joriy yilning 24 mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Taxtagul-KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahasida BMW rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida Matiz rusumli avtomashinasining orqa qismiga to‘qnashishi, to‘qnashuvdan so‘ng BMW rusumli avtomashinasi KXAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan KIA rusumli avtomashinasining chap tomoniga to‘qnashishi, to‘qnashuv zarbidan KIA avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu 2 rusumli avtomashinasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi shuningdek KIA avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohat olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati