Qashqadaryodan Xitoyga aprel oyida o‘n konteyner mosh va no‘xat eksport qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 06:10
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bugun, 24 mart kuni Xitoyning Soho Holding korporasiyasi vise-prezidenti Tomas Ding boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda tomonlar ko‘p tarmoqli hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalarda kelishib olingan.

Jumladan, yirik miqdordagi mosh va no‘xat eksporti bo‘yicha shartnoma imzolanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi bilan mahsulotlarning dastlabki partiyasini (10 ta konteyner) aprel oyida Xitoyga eksport qilishga erishilgan.

Shuningdek, kelgusida tovuq oyog‘i va mol oshqozonini eksport qilish, ipakchilik va pilla yetishtirish yo‘nalishida ham hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati