Farg‘onadagi xalqaro turnir g‘oliblari aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 05:38
Farg‘onadagi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tasarrufidagi Chavandozlar maktabi otchoparida bo‘lib o‘tgan ot sportining uloq-ko‘pkari turi bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi. Mazkur bellashuv O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federasiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Vengriya davlatlarining 8 ta jamoasi bahs olib bordi. Yurtimizda uchinchi bor o‘tkazilgan turnir mardlik, epchillikni namoyon etdi.

Xalqaro turnirda Qirg‘iz Respublikasi jamoasi faxrli birinchi o‘rin va yuz million so‘m, qozog‘istonliklar ikkinchi o‘rin va 75 million so‘m, O‘zbekiston jamoasi uchinchi o‘rinni egallab, 50 million so‘mni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov jamoalarni g‘alaba bilan tabriklab, mukofotlarni topshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati