Bavariya hafta oxirigacha Devis bilan bog‘liq masalani hal etmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 04:56
"Bavariya" himoyachi Alfonso Devisning jamoadagi kelajagi haqida hafta oxirigacha qaror qabul qilmoqchi, deya xabar beradi Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg.

Manba bergan xabarga ko‘ra, myunxenliklar 23 yoshli kanadalik futbolchidan klub bilan shartnomasini uzaytiradimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishni talab qilmoqda.

"Bavariya" futbolchiga 2029 yil oxirigacha shartnoma taklif qiladi, unga ko‘ra futbolchi taxminan 14 million yevro ishlab oladi. Himoyachining o‘zi esa 20 million yevro olmoqchi.

Agar Devis “Bavariya” taklifini rad etsa, myunxenliklar futbolchini 2024 yilning yozida sotadi. Himoyachiga asosiy da’vogar "Real" bo‘lib turibdi, biroq Madridliklar "Bavariya" futbolchi uchun talab qilayotgan 50 million yevroni to‘lashga tayyor emas.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati