Zommer Shveysariya terma jamoasi bazasini tark etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 04:50
Shveysariya terma jamoasi va Milanning "Inter" klubi darvozaboni Yan Zommer jarohati sabab terma jamoani tark etdi. Bu haqda La Gazette Dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Zommer "Inter"ga qaytadi va u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, darvozabonning o‘ng to‘pig‘i qayrilgan. Terma jamoada Zommer o‘rniga Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan Yonas Omlin keladi.

Eslatib o‘tamiz, Yan Zommer Shveysariya terma jamoasi va Daniya terma jamoasi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Darvozabon burchak zarbasi vaqtida to‘pig‘idan jarohat oldi va 37 daqiqa o‘tib almashtirildi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi - 0:0.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati