Boks. Deontey Uaylder - Chjan Chjiley jangi tasdiqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 04:46
Superog‘ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida ringga ko‘tariladi.

Amerikalik bokschining raqibi vaqtinchalik WBO kamari sobiq sohibi, xitoylik Chjan Chjiley bo‘ladi. Ushbu jang 1 iyun kuniga belgilandi. Yoz faslining ilk kunidagi boks oqshomining markaziy jangi esa yarimog‘ir vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun rossiyalik ikki Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o‘rtasida o‘tkaziladi.

E’tiborga molik jihati shundaki, Uaylder ham, Chjiley ham so‘nggi jangida Yangi Zelandiya vakili Jozef Parkerga imkoniyatni boy bergan. Deontey o‘tgan yilning dekabr oyida, Chjan esa ikki hafta avval aynan Parkerga yutqazib qo‘ygandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati