Yuventus APL klubiga 50 million yevro to‘lamaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 00:50
Markaziy yarim himoyachi Karlos Alkaras keyingi transfer oynasida doimiy ravishda "Yuventus"ga o‘tmaydi.

21 yoshli argentinalik futbolchi hozirda “Yuventus”da ijara asosida o‘ynamoqda. Yarim himoyachining shartnomasi Angliyaning “Sautgempton” klubiga tegishli.

Football Italia xabariga ko‘ra, turinliklar Alkarasni 49,5 million yevroga sotib olmoqchi emas, ammo klub futbolchini o‘zida saqlab qolish niyatida. Manbaga ko‘ra, "Yuventus" futbolchining ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirishga harakat qiladi.

"Yuventus" tarkibida Alkaras Italiya chempionatining to‘rtta uchrashuvida maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati