Virsga beshta superklub qiziqmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 23:56
Hujumkor yarim himoyachi Florian Virts Leverkuzenning "Bayer" klubida ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda, shu tufayli u Yevropaning katta klublari e’tiborini tortmoqda. 20 yoshli Virts beshta gigantning qisqa ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.

Virtsga qiziqish bildirayotgan klublar ro‘yxatiga "PSJ", "Real Madrid", "Bavariya", "Liverpul" va "Manchester Siti" kiradi. Aytish joizki, Transfermarkt portali ekspertlari Florianni 100 million yevroga baholamoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda yarim himoyachi “Bayer” safida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati