Klaudio bobo Eldorga nima degandi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 23:50
Italiya «A» seriyasi 28-turi qahramonlari qatoriga qo‘shilgan Eldor Shomurodov «Salernitana»ga qarshi kechgan omadli o‘yindan so‘ng nufuzli futbol manbalaridan biri corrieredellosport.it saytiga mo‘’jaz intervyu berdi.

Hamyurtimiz unda «Kalyari» bosh murabbiyi Klaudio Ranyeriga alohida minnatdorchilik bildirdi. Sports.uz sayti esa italiyalik jurnalistlar va milliy jamoamiz sardori o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini havola etdi.

- Aytchi, «Kalyari»dagi sarguzashtlaring shu darajada og‘ir boshlanishini o‘ylaganmiding?

- Yo‘q, mavsum boshida ko‘proq o‘ynashni kutgandim. Lekin asosiy ayb o‘zimda, start­ga to‘liq tayyor emasdim. Ayniqsa, jismoniy tarafdan. Chunonchi, vaqt kamligidan klubga yetarli tayyorgarliksiz keldim. O‘shanda sport formasini tezda muammosiz tiklab olishni o‘ylaganim rost. Ammo amalda hammasi men kutgandek rivojlanmadi.

- Qiziq, aynan nima o‘xshamadi?

- Aslida jismoniy holatim o‘yin amaliyoti jarayonida yaxshilanishini o‘ylagandim, ammo boshida maydonga bir necha marta tushdim, xolos.
- «Salernitana» bilan bahsda esa birdan nimadir o‘zgardi...
- Umid qilamanki, bu boshlanishi xolos. Endi hozirga qadar bajarilmagan ishlarni o‘rniga qo‘yishim kerak.
- Jarohatdan keyin hammasiga qo‘l siltab, yanvarda jamoadan ketish haqida ham o‘ylagandirsan...
- Ishlar yaxshi ketmayotgan pallada miyangizga turli fikr­lar kelishi tayin. Asosiysi, har qanday o‘y-xayollarni darhol yaxshi tomonga burish maqsadga muvofiq. Jamoaga og‘ir pallada yordam berolmaganim alam uyg‘otdi. Muhimi, «Kalya­ri» direktori va bosh murabbiy bilan gaplashganimda, ular hamma meni kutayotganini aytishdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati