Yana bir ayblov - qimorbozlik...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 23:44
J.Koreyada Yurgen Klinsmann boshqargan mamlakat milliy jamoasining Qatar-2023 (Osiyo kubogi)da nega omadsiz qatnashgani yuzasidan o‘ziga xos «razbor»lar hali-veri tugamaydi, shekilli.Koreyslar turnir yarim finalida Iordaniya termasiga yutqazishganidan ko‘p o‘tmay, jamoada sog‘lom muhit buzilgani, jumladan, «PSJ» vakili Li Kan In chin yetakchi va sardor Son Xyun Minga qo‘l ko‘targani ovoza bo‘lgandi. Endi esa J.Koreya terma jamoasining tartibsevar futbolchilari va xodimlari Osiyo kubogi payti qimorbozlikka berilishgani oshkor qilindi. Nahotki, germaniyalik mutaxassis jamoani shu qadar bo‘sh qo‘yib yuborgan bo‘lsa...YNA manbasida keltirilishicha, Osiyo kubogi davom etayotgan payt Janubiy Koreya milliy jamoasi lagerida chindam ham, qimorbozlik avj olgan. Ya’ni bir qator futbolchilar va xodimlar qarta o‘yinida bir-birlaridan turli miqdorda pul yutib olishgan. Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi tomonidan olib borilgan tekshiruv natijasida aniqlanishicha, futbolchilar va xodimlar mehmonxona zalida har bir qarta o‘yini uchun 1000-5000 vona (1-4 dollar) tikishgan. Assosiasiya rasmiy vakilining qo‘shimcha qilishicha, har bir o‘yinda eng ko‘p yutqazgan futbolchilar chamasi 40-50 ming vona (30-38 dollar) yo‘qotishgan. To‘g‘ri, assosiasiya summa pastligidan kelib chiqib, bunday o‘yinlarni «toza qimor» o‘rnida qabul qilmadi. Shunga qaramay, qarta o‘yinida qatnashgan terma jamoa xodimi ishdan bo‘shatildi. Qayd etilishicha, bunday «ermak qimor»da asosan 28 yoshdan kichik futbolchilar ishtirok etishgan. J.Koreya futbol assosiasiyasi Osiyo kubogi vaqtida terma jamoa liboslarini sotgan xodim ishi yuzasidan ham tergov o‘tkazmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, turnir davomida terma jamoaning birinchi raqamli, ya’ni asosiy formasi noqonuniy tarzda sotilgan. Oqibatda koreyslar futbolka yetishmasligi tufayli Iordaniya termasiga qarshi kechgan yarim final bahsida zaxira liboslarida maydonga tushishgan. Vaholanki, J.Koreya termasi o‘sha bahsda norasmiy mezbon sifatida asosiy formadan foydalanish huquqiga ega edi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati