Virs: Biz Musiala bilan yaxshi munosabatdamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 23:28
"Bayer" futbolchisi Florian Virs "Bavariya" hujumchisi Jamol Musiala bilan yaxshi munosabatda ekanligini aytdi.

“U bilan men maydonda ham, maydondan tashqarida ham juda yaxshi munosabatda. Afsuski, o‘yinlar soni ko‘p bo‘lgani uchun u bilan tez-tez uchrasha olmayapmiz, lekin telefonda gaplashib, yozishib turamiz. To‘g‘ri, o‘yin uslubimiz o‘xshash. Bizning o‘xshashligimiz tufayli raqiblarimizga qiyinroq bo‘ladi", - deydi Virs.

Virs va Musiala Germaniya terma jamoasida birga o‘ynashadi. 23 mart kuni Fransiya bilan nazorat o‘yinida futbolchilar samarali harakat qilishdi. “Bayer” futbolchisi gol urdi, Musiala esa golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati