Buyuk Britaniya futbol terma jamoasi nima uchun Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaydi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 23:20
Angliya U-21 terma jamoasi 2023 yilgi U-21 Yevropa chempionati g‘olibi bo‘lishiga qaramasdan, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Chunki, Olimpiadadagi futbol musobaqasi FIFA tomonidan emas, balki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.Xalqaro olimpiya qo‘mitasi esa a’zo sifatida Angliyani emas, balki Buyuk Britaniyani tan oladi. Buyuk Britaniya Olimpiya o‘yinlarida yagona terma jamoa bo‘lib ishtirok etish g‘oyasini uning tarkibidagi FIFAning mustaqil a’zolari - Shotlandiya va Uels qo‘llab-quvvatlamaydi.Shu sababdan Buyuk Britaniya 1972 yildan beri Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmayapti. Faqatgina 2012 yilgi London Olimpiadasida istisno tariqasida 13 ta angliyalik va 5 ta uelslik futbolchilardan tashkil topgan Buyuk Britaniya terma jamoasi musobaqada qatnashgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati