Tanzila Narbayeva Jeneva shahrida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 21:52

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegasiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assableyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib turipti.

Tashrif doirasida Senat Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi samarali hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, 140 ga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

T. Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Osiyo xotin-qizlar forumi doirasida «2030 yildan keyin barqaror rivojlanish strategiyasi» mavzusida yordamchi tadbir tashkil etish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning bildirishicha, Samarqand forumi ayol deputatlar uchun 17 maqsadni 2030 yildan keyin ham amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati