Real Luninning kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 21:48
Hammasi o‘yinchining o‘ziga bog‘liq.

Madridning "Real" klubi darvozabon Andrey Luninni o‘zida saqlab qolmoqchi va u uchun yangi shartnoma tayyorladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. "Qaymoqranglilar" futbolchiga yangi bitim taklif qilishga va uni uzoqroq muddatga klubda qoldirishga tayyor. Biroq hammasi o‘yinchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

Lunin joriy mavsum Tibo Kurtuaning jarohati tufayli "Real"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Biroq keyingi mavsumda ukrainalik yana ikkinchi raqamga aylanadi. Belgiyalikning qaytishi uning kelajagi haqidagi qarorlariga ta’sir qilishi mumkin.

25 yoshli posbon ushbu mavsum barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati