Rossiyadagi teraktda yuzlab odamlarni qutqargan Islom Xalilov «Spartak» mehmoni bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 20:58
Moskvadagi «Krokus Siti Holl»da bo‘lgan teraktda yuzlab odamlarni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan Islom Xalilov sevimli klubi mehmoni bo‘ldi.

Garderobchi bo‘lib ishlagan 15 yoshli yigit xizmatchilarning xonalari orqali chiqish yo‘lini ko‘rsatib, 100dan ortiq kishining hayotini saqlab qolgan. U «Moskva onlayn» nashriga konsert zalda bir yilga yaqin vaqtdan buyon ishlab kelganini aytgan. Terakt kuni u soat 16:00 da smenani qabul qilib olgan. Hujum boshlanganida u kuchli ovozlarni eshitgan, avvaliga buni «qandaydir shovqin soluvchi guruh keldi» deb o‘ylagan. Xalilov zinapoya tomondan odamlar chopib kelayotganida vaziyat yaxshi emasligini tushungan.

Bo‘lgan voqeadan so‘ng «Spartak» muxlisi bo‘lgan Islom sevimli jamoasiga taklif qilindi. Unga qahramonligi uchun minnatdorchilik bildirildi, klub libosi va mavsumiy abonement sovg‘a qilindi.

Reper Alisher Morgenshtern esa o‘smirga million rubl yubordi. «Podyom» nashri yozishicha, uning oilasi bu pullarni kreditlarini yopish uchun ishlatadi.

Islom Rossiyada tug‘ilgan, uning ota-onasi Qirg‘izistondan. Otasi Baxtiyor Jalolobod viloyati Suzoq tumanidan, onasi Oypari — O‘sh oblasti O‘zgan tumanidan. Islom — oiladagi uch nafar farzanddan eng kattasi.

Shuningdek, Xalilovni Rossiya musulmonlarining «Xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlashgan, deya ma’lum qildi Rossiya bosh muftiysi Ravil Gaynutdin. O‘smirga mukofot key


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati