Sirdaryoda rashk sabab fuqaroning bir ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi va jazolandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 20:50
Sirdaryoda xotinini rashk qilib, boshqa bir erkakka jiddiy tan jarohati yetkazgan erkak jazolandi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak jahl ustida xotiniga SMS yozganlikda gumon qilib, boshqa erkakning bir ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi. Jabrlangan erkak musht zarbidan olgan tan jarohatlari bilan viloyat tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va bir ko‘zi operasiya qilingan.

Jabrlanuvchi sudda janjalda og‘ir tan jarohati olganini, advokat xizmatidan foydalangani uchun 15 million 450 ming so‘m moddiy zarar ko‘rganini aytgan. Ma’naviy zarar uchun esa 200 million so‘m talab qilgan.

Sudga oid tibbiy-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, javobgarning jinoiy qilmishi natijasida da’vogarning mehnat qobiliyatining 65 foizini yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.

Sud hukmiga ko‘ra, javobgardan da’vogarga 15 million so‘m moddiy, 60 million so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati