Eron vise-prezidenti Mishustinga maktub yo‘lladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 20:48
Eron Rossiyani terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga taklif qildi.

Eron vise-prezidenti Muhammad Moxber Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinga maktub yo‘llab, Krokus Siti Xolldagi teraktni qoralab, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.

«Dunyoning istalgan nuqtasida terrorizm va begunoh odamlarning o‘ldirilishi qoralanadi va bunday harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan yoki amalga oshirayotgan har qanday hukumat xalqaro sudlarda ta’qib qilinishi kerak», - deya uning so‘zlarini keltiradi Mehr agentligi.

Moxber terror hujumida halok bo‘lgan insonlar munosabati bilan Rossiyaga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvar oyida Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymoniy xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ISHID terrorchilik hujumini amalga oshirib, 80 dan ortiq odamni o‘ldirgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati