Yaponiya futbol assosiyasiyasiga terma jamoaning sobiq sardori prezident etib tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 20:22
Tashkilot tarixidagi eng yosh rahbar o‘z strategiyasida 2050 yilga borib mamlakati bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritmoqchi ekanligini aytdi.

Yaponiya futbol assosiasiyasining yangi prezidenti etib 47 yoshli sobiq futbolchi Suneyasu Miyamoto tayinlandi. Mutaxassis bundan avval boshqaruvchi direktor lavozimida ishlab kelgandi.

Futbolchilik faoliyati davomida "Gamba Osaka", "Red Bull Zalsburg", "Vissel Kobe" kabi klublarda to‘p tepgan Miyamoto 2002 va 2006 yilgi jahon chempionatlarida o‘ynagan. Hatto sardorlik sifatida ko‘pgina o‘yinlarda Yaponiya terma jamoasini maydonga boshlab tushgan.

Matubot anjumanida Miyamoto o‘z rejalarini OAV vakillari bilan o‘rtoqlashdi. E’lon qilingan manifestda quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan:

- Kuchli Yaponiya terma jamoasini shakllantirish;

- Bolalar, qizlar va keksalarga e’tibor qaratgan holda futbol bilan shug‘ullanuvchilar sonini ko‘paytirish;
- Atrof-muhit muammolariga futbol orqali yondashish, ijtimoiy tashabbuslar orqali mahalliy hamjamiyatlarning muammolarni hal qilishga hissa qo‘shish.
Miyamotoning ta’kidlashicha, strategik harakatlar natijasida Yaponiya 2050 yilga borib o‘z yashil maydonlarida jahon chempionatini qabul qilib, chempionlikka erishmoqchi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati