«Neftchi» Tojikiston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 20:12
Superliga chempionatida davom etayotgan tannafusdan unumli foydalanib, o‘rtoqlik nazorat uchrashuvlarini rejalashtirgan «Neftchi» bugun ikkinchi xalqaro bellashuvida ishtirok etdi. Bu safar Tojikiston oliy divizion vakili "Xo‘jand" klubi "Neftchi"ga raqiblik qildi. Birinchi bo‘lim deyarli teng kurashlar ostida kechayotgan va jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo‘l olishadi, deya xulosa chiqarib turgan muxlislar sahnaga ruminiyalik Mixay Roman kirib kelishiga guvoh bo‘ldilar. 33-daqiqada jarima to‘piga ega bo‘lgan vakillarimiz zarbani ijro etishni Mixay Romanga ishonib topshirishdi va futbolchi jonli devor ustidan yo‘llagan zarbasi chiroyli tarzda darvoza to‘ridan joy egallab, farg‘onaliklarni hisobda ollinga olib chiqdi — 1:0. Ushbu minimal hisob tanaffussha qadar o‘zgarmadi.Ikkinchi bo‘limda «Neftchi» murabbiylari zaxirada bo‘lgan barcha o‘yinchilarni maydonga tushirdilar va ular tomonidan 47-daqiqada tashkil etilgan chiroyli kombinasiya natijasida to‘pga egalik qilgan G‘ulom-Haydar Gulamov yaqin masofadan mehmonlar darvozasiga zarba yo‘llab, ikkinchi to‘pni kiritdi 2:0. Kiritilgan goldan so‘ng o‘yinda tashabbus to‘laligicha mezbonlar tomoniga o‘tdi va bir-biridan chiroyli kombinasiya va hujumlar uyushtirilishi oqibatida 81-daqiqaga kelib Bilolxon Toshmirzayevning driblingi va olisdan kuchli zarbasi tablodagi hisobni 3:0 ga o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va «Neftchi» o‘rtoqlik bellashuvida yirik g‘alabaga erishdi.O‘RTOQLIK UCHRASHUVI 24 mart "Istiqlol" stadioni"Neftchi"-"Xo‘jand" 3:0Gollar: Mixay Roman, 33`(1:0), G‘ulom-Haydar Gulamov, 47`(2:0), Bilolxon Toshmirzayev, 81`(3:0)"Neftchi": (birinchi bo‘lim): 35.Sanjar Quvvatov, 4.Boyan Siger, 21.Muxsin Ubaydullayev, 20.Anvar G‘ofurov, 70.Abbos G‘ulomov 19.Mirzoxid G‘ofurov, 8.Ketelin Karp, 23.Diyor Turopov 11.Javoxir Qaxramonov, 99.Nsungusi Effiong, 18.Mixay Roman. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Muxsin Ubaydullayev (s), 14.Xurshid Muxtorov,  27.Muxammadali Xolmatov( 33.SHoxrux Yoqubjonov 70), 66.Doniyor Valiyev, 17.Sanjar Qodirqulov, 24.G‘ulomhaydar Gulyamov,  10.SHoxruz Norxonov, 28.Bexruz Oblakulov,  77.Bilolxon Toshmirzayev. Bosh murabbiy:  Vitaliy Levchenko"Neftchi" PFK matbuot xizmati












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati