Kelajakning eng yorqin yulduzi bo‘lishi kutilayotgan futbolchilar: ularning kimligini bilasizmi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 19:02
Ko‘plab futbolchilar insoniy nuqsonlardan holi emas. Ularda yomon xulq, janjalkashlik va ayyorlik nuqsonlarini ko‘rish mumkin. Ammo bir sinf o‘yinchilari borki, ularga qaysi burchakdan qarashingizdan qat’iy nazar, aybini topa olmaysiz. Ularning maydondagi harakatlarini ko‘rib, shunchaki mazza qilasiz. Quyida kelajakning ana shunday benuqson yulduzlari haqida so‘z boradi.

Endrik

Gapni aniq va ravshan tanlovdan boshlasak. Futbol allaqachon o‘zining eng yirik superqahramonlari – Ronaldu va Messidan ayrildi. Shu sabab ularga o‘rinbosarlar topish kerak. Shunday nomzodlardan biri bu Endrikdir. Yosh hujumchi "Palmeyras"da ko‘rinish berib, butun dunyoni lol qoldirgandi. Braziliya terma jamoasi a’zosi yozda "Real" futbolchisiga aylanadi. Bu voqeadan oldin u o‘zini yana bir bor namoyish eta oldi. Endrik Angliyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Bu orqali u 1994 yilgi Ronaldodan keyin, Braziliya tarkibida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shunchaki, ajoyib ssenariy.

Kobbi Meynu

Umuman, futbol merosi haqida gap ketganida, "MYU" har qanaqasiga top klub maqomida qolaveradi. Buni jamoa yetishtirayotgan yosh yulduzlardan sezish qiyin emas. Meynu shulardan biridir. U Erik ten Xag davridagi eng qimmat topilmaga aylana oldi. Meynuning o‘ziga xosligi shundaki, u "MYU"ga eng kerak paytda paydo bo‘ldi va jamoani jar yoqasidan tortib ola bildi. Kim biladi deysiz, balki biz kelajakdagi yangi Pol Skoulz haqida gapirayotgandirmiz.

Erling Xoland
Butun dunyo bu fikrga qo‘shilsa kerak – Xoland nomi allaqachon hujumchi so‘zi bilan ma’nodoshga aylangan. Agarda futbolning javohirlari haqida gapirsak, Erlingni eslab o‘tmaslik mumkin emas. Negaki, futbol dunyosi hozirga qadar hecham u kabi benuqson va o‘z vazifasini ortig‘i bilan bajara oladigan markaziy hujumchini ko‘rmagan edi. Xoland tez orada Mbappe bilan Ronaldu-Messi qissasini qaytadan yozishi mumkin. Xarholda, biz muxlislar shunga umid qilyapmiz.
Florian Virs
Germaniya terma jamoasi 2014 yildan beri ko‘p narsaga erisha olmadi. Ammo bu o‘lkadan doimo eng yaxshilari yetishib chiqqan. Florian Virs buyuk bo‘lishga da’vogarlardan biri. O‘ta yoshligida porlab chiqqan futbolchi, allaqachon boshidan qiyin damlarni o‘tkazdi. U bir yildan oshiq davr mobaynida tizzasining xochsimon paylarini davoladi. Qaytish esa ajoyib kechdi. Virs 2024 yilda ilk bor "Bayer Leverkuzen"ni "Bavariya" to‘sig‘idan olib o‘tib, chempion qilishga yaqin turibdi. Keyin esa navbat Yevro-2024ga keladi.
Jud Bellingem

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati