JSST: Dunyoda mpox virusi yana faollashmoqda

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 12-07-2024, 09:46
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, dunyoning ba’zi mamlakatlarida mpox (maymun chechagi) virusi yana faollasha boshladi.

Xususan, kasallik shu yil 8 maydan 2 iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlandi. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bu — mintaqada 2022 yildan buyon qayd etilgan ilk holat. O‘shanda besh kishiga maymun chechagi tashxisi qo‘yilgan, biroq o‘lim holatlari qayd etilmagandi.

Umuman, 2024 yilning 1 mayidan 31 mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor ro‘yxatga olindi. Eng ko‘p kasallanish ko‘rsatkichlari Afrika (43,5 foiz), Yevropa (21,8 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerika (20,4 foiz) mintaqalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, epidemiyadan Kongo Demokratik Respublikasi aholisi jiddiy aziyat chekdi. Bu yerda may oyida 377 ta yangi holat aniqlandi. (https://telegra.ph/file/adebab7a4a9632f18c6b6.png)




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati