• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Olti turdagi mahsulotlar yurak-qon tomir xastaliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi

Olti turdagi mahsulotlar yurak-qon tomir xastaliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 11-07-2024, 19:02

???? JSSTga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sababi bo‘lib, har yili undan taxminan 17,9 million nafar inson vafot etadi.

????Agar rasionga ozgina o‘zgartirish kiritish orqali ushbu xastalik xavfini keskin kamaytirish mumkin bo‘lsachi? Makmaster universiteti va Gamilton universitetining Aholi salomatligi ilmiy-tadqiqot instituti (PHRI) tomonidan o‘tkazilgan muhim tadqiqot buning mumkin ekanligini isbotladi.

???? Tadqiqotga ko‘ra, rasionimizga quyidagi oltita asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi: ???? mevalar; ???? sabzavotlar; ???? dukkaklilar; ???? yong‘oq; ???? baliq; ???? to‘liq sut mahsulotlari.

✅ Bunda har kuni meva va sabzavotlardan ikki-uch porsiya, shuningdek, bir porsiya yong‘oq va ikki porsiya sut mahsulotlarini, haftada uch-to‘rt marta dukkaklilar va ikki-uch marta baliq iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yurak uchun sog‘lom parhezga o‘tish qiyin tuyulishi mumkin, ammo u yurak xastaligi bilan kurashishdan ko‘ra ancha oson.
???? Ushbu olti turdagi mahsulotni kundalik hayotingizga qo‘shishning oson usullari mavjud.
???? Masalan:
✔️Kuningizni meva yeyish bilan boshlang.
✔️ Har ovqatlanayotganingizda likopchangizning yarmini sabzavot bilan to‘ldiring. Ko‘p turdagi vitaminlar va minerallarni olish uchun turli xil ranglardagi sabzavotlarni tanlang.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati