Barselona moliyaviy ahvolni kerakli futbolchilarni sotib yaxshilamaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 16:32
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning moliyaviy ahvolini kerakli futbolchilarni sotib yaxshilamasligini aytdi. 

"Bizga Lamin Yamal kabi futbolchi uchun 200 million yevro taklif qilishdi va biz rad javobini berdik. Chunki biz uning iqtidoriga ishonamiz va uni sotishga hojat yo‘q.

Biz iqtisodiy tiklanish jarayonidamiz va men tunnel oxiridagi yorug‘likni allaqachon ko‘ryapman. Balde, Fermin Lopes, Gavi, Pedri, de Yong, Arauxo bo‘yicha takliflarimiz bor edi...

Lekin biz ularni sotmoqchi emasmiz. Biz bu futbolchilardan 1 milliard yevro daromad olishimiz mumkin edi", - deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda Ispaniyaning Sport nashri.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati