Fabian Ruis Chempionlar ligasi doirasidagi Mbappe va Kubarsi o‘rtasidagi duyel haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 15:50
Fransiyaning “PSJ” klubi yarim himoyachisi Fabian Ruis UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida jamoadoshi Kilian Mbappe va “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilik haqida gapirdi.

"Kubarsi yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatmoqda. Shu bois uni terma jamoaga chaqirishdi. Biz uning o‘yinini batafsil o‘rganamiz. Bu yigitning kelajagi katta. Mbappe haqida hamma narsa uzoq vaqtdan beri ma’lum, u ko‘p yillardan beri yuqori saviyada o‘ynamoqda. Kilian dunyoning eng yaxshilaridan biri ekanligini isbotladi. Umid qilamizki, bu qarama-qarshilik bizning foydamizga bo‘ladi", - deydi Fabian.

"PSJ" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yinlar 10 va 16 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati