Aliyev Putinga qo‘ng‘iroq qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 41
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-03-2024, 15:48
Xabar qilinishicha, Aliyev “o‘z nomidan va Ozarbayjon xalqi nomidan Vladimir Putinga, Rossiya xalqiga, "Krokus Citi Xall" konsert zalida sodir bo‘lgan teraktda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ko‘p sonli insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi, barcha yaradorlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi".
Ozarbayjon tomoni “bu dahshatli terrorchilik harakatini keskin qoralashini” ta’kidlagan prezident “Ozarbayjon xalqi ushbu og‘ir damlarda Rossiya va rus xalqi bilan birga” ekanini ta’kidladi.
Putin hamdardlik va birdamlik uchun Aliyevga minnatdorchilik bildirdi.
Davlat rahbarlari “terrorizmga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlar kelgusida ham davom etishini” ta’kidladilar.