Real Madrid Liverpul yulduzi uchun deyarli 90 million yevro tayyorlamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 15:32
"Real Madrid" tarkibini "Liverpul" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi. Qirollik klubi qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi The Sun.

"Los-Blankos" rahbariyati uning transferi uchun 88 million yevro ajratishga tayyor. "Liverpul" o‘z navbatida Trent bilan shartnomasini uzaytirish orqali uni saqlab qolmoqchi.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda Aleksandr-Arnold mersisaydliklar safida 29ta o‘yinda ishtirok etgan. Himoyachi ikkita gol urdi va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati