Toshkentdagi supermarketda pishgan go‘sht rastasida suvarak yurgani aniqlandi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-07-2024, 09:02
Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi Nukus ko‘chasida joylashgan Makro supermarketi filialidagi pishgan go‘sht rastasida suvarak yurgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.



O‘rganishlar davomida supermarketda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazib turish uchun “Tashsanexpert” MCHJ bilan shartnoma tuzilgani va so‘nggi marta 30 iyun kuni dezinseksiya ishlari olib borilgani aniqlangan.



Shuningdek, do‘konning pastki qavatida joylashgan Xitoy restoranida oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishi va undan do‘konga suvaraklar kelib qolish ehtimoli mavjudligi sababli bir necha marotaba birgalikda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilinganda, restoran ma’muriyati tomonidan doimiy rad javobi berib kelingan.

Restoran rahbariyati bilan olib borilgan suhbat natijasida ovqatlanish korxonasida zararsizlantirish ishlarini olib borish uchun hech qanday shartnoma mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, supermarketda profilaktik chora ko‘rish maqsadida qaytadan zararkunandalarga qarshi dezinseksiya ishlari amalga oshiriladi.

Supermarket hamda restoranda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakildan ruxsat olinib, kuchaytirilgan tekshiruv ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati