Arauxo: Mening orzum Barselonaga qaytish

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 15:14
Joriy mavsumda “Las-Palmas”da ijara asosida to‘p tepayotgan “Barselona” himoyachisi Xulian Arauxo Kataloniya klubida o‘z o‘rniga ega bo‘lish niyati haqida gapirdi.

“Men “Las-Palmas”dagi hamma narsadan mamnunman, ammo orzum “Barselona”ga qaytish. Umid qilamanki, imkoniyatimni qo‘lga kiritaman", - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabrisio Romano.

Arauxo va "Las-Palmas" o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 22 yoshli futbolchining transfer qiymati sakkiz million yevroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 22 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va to‘rtta sariq kartochka oldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati