Baydenda Parkinson kasalligi yo‘q va bo‘lmagan — Oq uy

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-07-2024, 19:26
AQSh prezidenti Jo Baydenda Parkinson kasalligi yo‘q va bo‘lmagan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer ma’lum qildi.

“Prezident Parkinson kasalligidan davolanganmi? Yo‘q. Hozirda u Parkinson kasalligidan davolanyaptimi? Yo‘q. U Parkinson kasalligi uchun biron bir dori ichyaptimi? Yo‘q”, dedi u.

Shuningdek, Jan-Pyer Bayden yillik tibbiy ko‘riklar doirasida uch marta nevrolog ko‘rigidan o‘tganini ta’kidlagan.



Avvalroq The New York Post nashri Oq uyga tashrif buyuruvchilar jurnaliga tayanib, AQSh prezidentining davolovchi shifokori Kevin O’Konnor yanvar oyida Parkinson kasalligiga ixtisoslashgan nevrolog Kevin Kanard bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, Kanard 2023 yilning yozidan 2024 yilning bahorigacha Oq uyga sakkiz marta borgan.


Jo Baydenning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirlar uning AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovoldi teledebatidagi muvaffaqiyatsiz chiqishi ortidan kuchaygan. Bayden debat davomida duduqlanib, fikrlarini aniq ifoda eta olmagan va bahs oxirida rafiqasi Jill yordamida sahnadan tushgan.

7 iyul kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasida Demokratik ozchiliklar yetakchisi Hakim Jeffris tomonidan o‘tkazilgan telefon uchrashuvida bir qator demokratlar amaldagi davlat rahbari joriy yilning noyabriga mo‘ljallangan AQSh prezidentligi saylovlaridan o‘z nomzodini qaytarib olishi kerakligi haqida fikr bildirgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati