Jo Bayden Parkinson kasalligiga chalinmagan - Oq uy

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-07-2024, 17:44
Oq uy AQSh prezidenti Jo Baydenning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirlarni yana bir bor yo‘q qilishga urinib, jurnalistlarga uning Parkinson kasalligiga chalinmaganini ma’lum qildi, deb xabar berdi BBC.

Jurnalistlarni birinchi navbatda nevropatolog va Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis Kevin Kannard nima uchun Oq uyga borganligi qiziqtirdi.

Amerika matbuotiga ko‘ra, Vashington yaqinidagi Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markazida ishlovchi Kannard o‘tgan yilning avgustidan 2024 yilning martigacha Oq uyga sakkiz marta tashrif buyurgan.

Uning Oq uyga kirishi ommaviy kirish jurnalida qayd etilgan. Uchrashuvlardan birida prezidentning davolovchi shifokori Kevin O’Konnor tashrif buyuruvchi sifatida qayd etilgan.

Karin Jan-Pyer xavfsizlik nuqtai nazaridan Oq uyga qaysi mutaxassislar tashrif buyurganini aytishdan bosh tortdi.

Joriy yilning boshida Oq uy shifokori Kevin O’Konnor Jo Baydenni tekshiruv chog‘ida Parkinson kasalligi belgilari aniqlanmaganini aytdi.
27 iyun kuni Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatdan keyin Oq uy va shaxsan Jo Baydenga bosim kuchaydi.
Shunga qaramay, Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyorligini aytadi.
Bungacha kongressdagi besh nafar demokratlar (Texas, Arizona, Illinoys, Massachusets va Minnesota shtatlaridan Vakillar palatasi a’zolari) Baydenni saylovdan voz kechishga ochiq chaqirgan edi.
Dushanba oqshomida ularga Vashington shtati kongressi a’zosi Adam Smit qo‘shildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati