Samarqandda Yaponiya va Turkiya hamkorligida 300 mln dollarlik tibbiyot markazi quriladi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-07-2024, 16:26
SSV Yaponiya va Turkiya hamkorligida Samarqandda qiymati 300 million dollarlik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishini ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya va Turkiya delegasiyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov, Yaponiyaning Sojitz korporasiyasi bosh ijrochi direktori Masayoshi Fujimoto, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIS) prezidenti Tadashi Mayeda, Turkiyaning Rönesans International kompaniyasi bosh direktori Kaan Kemal Ekermenlar ishtirok etdi.



Uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yaponiyaning Sojitz korporasiyasi va Turkiyaning Rönesans International kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, Samarqand viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand shahrida 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish bo‘yicha qiymati 300 million dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur klinikani qurish ishlari 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.



Shuningdek, tomonlar keyinchalik loyiha doirasida ushbu klinika negizida birgalikda tibbiy kadrlar tayyorlashga ham kelishib oldi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati