Polshaning «F-16» qiruvchi samolyotlari ishga tushirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 13:52
Polsha qurolli kuchlari Rossiya aviasiyasining faolligi tufayli F-16 qiruvchi samolyotlarini havoga olib chiqdi. Bu haqda Polsha qo‘mondonligi X sahifasida yozgan, deb yozadi «Report».

Qayd etilishicha, Polsha Qurolli Kuchlarining operativ qo‘mondonligi Rossiya aviasiyasining Ukraina hududida joylashgan nishonlarga havo va raketa hujumlari bilan bog‘liq jadal harakatlarini kuzatib bormoqda.

Polsha havo hududi xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur tartib-qoidalar boshlangani, qo‘mondonlik vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borayotgani ta’kidlandi.

Qo‘mondonlik, shuningdek, mamlakatda, ayniqsa Polshaning janubi-sharqida aviasiya faoliyati tufayli shovqin darajasi oshishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati