Baydarka va kanoe: Kubok g‘oliblari Yaponiyada Olimpiya yo‘llanmalari uchun kurashadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 13:40
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida g‘oliblikka erishgan sportchilar kelgusi oy Yaponiyada Parij-2024 Olimpiadasi saralash turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Uch kun davom etgan shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan O‘zbekiston kubogida To‘xtasin o‘g‘li Nurislom, Denis Onufriyev, Xonzoda Erkinova, Dinara Jo‘rayeva, Shaxriyor Mahkamov, Shaxrizoda Mavlonova, Dilnoza Raxmatova, Kamron Axtamov o‘z yo‘nalishida g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshishning 7 ta yo‘nalishidagi juftlik musobaqalarda ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Mamlakat kubogida g‘oliblik shoxsupasidan joy olgan Nilufar Zokirova, Dilnoza Raxmatova, Vladlen Denisov, Xonzoda Erkinova, Artur Guliyev, Elyor Mamadaliyev, Tuxtasin o‘g‘li Nurislom, Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Shaxrizoda Mavlonova, Ozodjon Amriddinov, Shaxriyor Maxkamov, Denis Onufriyev va Samandar Haydarov joriy yilning 17-21 aprel kunlari Yaponiyada bo‘ladigan Parij-2024 lisenzion Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini himoya qilishi belgilandi

Murabbiylar kengashi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, kunchiqar yurtda o‘tadigan qit’a chempionatida ishtiroki ko‘zda tutilgan terma jamoa a’zolari shu kunlarda Samarqand shahridagi baydarka va kanoe sport bazasida tashkil etilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati