Krokusdagi qurbonlar soni 152 nafarga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 13:38
Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva viloyatidagi bosh boshqarmasining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, “Krokus Siti Xoll”dagi terakt qurbonlari soni 152 nafarga yetdi, deb xabar beradi TASS.

“Terrorchilik harakati natijasida 285 kishi (shundan 8 nafari bola) jabrlandi jumladan, 133 kishi (shundan 3 nafari bola) halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi 147 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari vayronalarni tozalashda davom etmoqda. Kechasi ishga og‘ir texnika qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Moskva shimoli-g‘arbidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida otishma sodir bo‘lib, kamuflyaj kiygan odamlar tinch aholiga qarata o‘t ochgan edi.

Rossiyada 24 mart Umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati