Turkiston-Samarqand yo‘nalishida havo qatnovi ochildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 38
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-03-2024, 13:36
«Qazaq air» aviakompaniyasiga tegishli samolyotda Turkistondan jo‘nab ketgan 80 ga yaqin sayohatchilarni samarqandliklar tantanali bilan kutib oldi.
Parvozlar haftasiga ikki marta, juma va yakshanba kunlari zamonaviy, qulay «De-Havilland Dash 8-Q400» avialaynerlarida amalga oshiriladi. Turkistondan mahalliy vaqt bilan 20:20da, Samarqanddan esa 21:20da jo‘naydi.
“Noyob sayyohlik resurslariga ega Markaziy Osiyo mintaqasida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, ikki davlat o‘rtasida tajriba almashish, turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan”, — deyiladi Turkiston hududiy kommunikasiyalar xizmati tarqatgan xabarda.