Turkiston-Samarqand yo‘nalishida havo qatnovi ochildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 13:36
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni jonlantirish maqsadida Turkiston-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha ilk xalqaro reys ochildi.

«Qazaq air» aviakompaniyasiga tegishli samolyotda Turkistondan jo‘nab ketgan 80 ga yaqin sayohatchilarni samarqandliklar tantanali bilan kutib oldi.

Parvozlar haftasiga ikki marta, juma va yakshanba kunlari zamonaviy, qulay «De-Havilland Dash 8-Q400» avialaynerlarida amalga oshiriladi. Turkistondan mahalliy vaqt bilan 20:20da, Samarqanddan esa 21:20da jo‘naydi.

“Noyob sayyohlik resurslariga ega Markaziy Osiyo mintaqasida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, ikki davlat o‘rtasida tajriba almashish, turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan”, — deyiladi Turkiston hududiy kommunikasiyalar xizmati tarqatgan xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati