Uokerning jarohati jiddiymi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 12:18
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinining 20-daqiqasida almashtirishga majbur bo‘lgan "uch sherlar"ning 33 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uokerning jarohati haqida gapirdi.

"Biz hali nima bo‘lishini bilmaymiz. U nimadir noto‘g‘ri ekanligini his qildi, lekin u tez-tez jarohat oladigan o‘yinchi emas.

Vaziyatni yaqin kunlarda baholaymiz", - deya Sautgeytning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Uoker barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 13 million yevroni tashkil qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati