Tadqiqot: Tunda yorqin chiroq nuri qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 9
- Формат: mp4
- Дата релиза: 08-07-2024, 11:08
???? Izlanish davomida mutaxassislar tomonidan 85 ming nafar ishtirokchining ma’lumotlari tahlil qilindi. Yorug‘lik sensorlari orqali qayd etib borilgan 13 million soatlik maxsus yozuvlar o‘rganildi.
???? Buning uchun diabetning 2-turi bilan og‘rimagan ko‘ngillilar bir hafta davomida maxsus qurilmani bilaklariga taqib yurishdi. Shundan so‘ng to‘qqiz yil davomida ularning salomatlik ko‘rsatkichlari monitoring qilib borildi.
???? Yakunda yorug‘lik ta’siri va 2-tur qandli diabetning rivojlanish xavfi o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Tunda yorqin chiroq nuri insulin sekresiyasi va glyukoza metabolizmiga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi.
‼️Tadqiqotchilarning "The Lancet Regional Health — Europe" tibbiy jurnalida e’lon qilingan xulosasiga ko‘ra, eng yuqori xavf darajasi tungi 00:30 dan tonggi 06:00 gacha kuzatiladi. Ammo kunduzgi yorug‘lik salomatlik uchun ziyon yetkazmaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.