Qozog‘iston Qatarga halol va organik mahsulotlar yetkazib bermoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 11:04
Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov Dohada qatarlik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi Orda.kz.

Qozog‘iston hukumati rahbari respublika Qatar bozoriga halol va organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkor bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi. Mahalliy korxonalar Qatar kompaniyalari bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni allaqachon boshlab yuborgan.

“Biz misli ko‘rilmagan summasi 17,6 milliard dollarlik yirik va strategik ahamiyatga ega investisiya loyihalarini amalga oshirish arafasidamiz, – dedi Oljas Bektenov shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashuvda.

Muzokaralar natijasida tomonlar qurilish shartnomasini imzoladilar:

5,7 mlrd dollarga gazni qayta ishlash zavodlari;

7,7 mlrd dollarga “Aqto‘be – Qostanay” magistral gaz quvurlari va “Beyneu – Bozoy – Chimkent” ikkinchi liniyasi;
2,7 mlrd dollarga 1100 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasi negizidagi elektrostansiya va 350 MVt quvvatga ega GES;
bug‘doy, no‘xat va sutni chuqur qayta ishlash zavodlari.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati