Tramp Luiziana shtatidagi praymerizda g‘alaba qozondi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 10:52
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Luiziana shtatidagi praymerizda g‘alaba qozondi.

Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.

Agentlikning qayd etishicha, Trampning Respublikachilar partiyasida raqibi yo‘qligiga qaramay, AQShdagi praymeriz natijalari hamon diqqat bilan kuzatilmoqda. Sobiq prezidentning asosiy raqiblari – BMTdagi sobiq doimiy vakil Nikki Xeyli, Florida gubernatori Ron Desantis va tadbirkor Vivek Ramasvami avvalroq saylovoldi poygasidan chiqishlarini ma’lum qilgan edi.

Trampning saylovoldi tashviqoti uning Luizianadagi g‘alabasini tasdiqlagan.

Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun kerakli miqdordagi delegatlar yig‘ib bo‘ldi. Ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan amaldagi davlat rahbari Jozef Bayden Demokratik partiyadan yetarli miqdordagi vakillarning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. AQShda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati