Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Crocus City Hall dagi hujumga munosabat bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 10:32
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy "Crocus City Hall" dagi hujumga munosabat bildirdi.

Zelenskiy hujumni izohlar ekan, Vladimir Putin sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni "boshqa birovga" o‘tkazishga urinayotganini aytdi.

"Ular har doim o‘xshash usullarni qo‘llaydi. Bu oldin sodir bo‘lgan. Ular har doim boshqalarni ayblaydi. Daxshatli voqea sodir bo‘ldi. Putin Rossiya fuqarolari bilan muloqot qilish, ularga murojaat qilish o‘rniga, bir kun jim turdi. Putin mazkur voqeada Ukrainani aloqadorligini ko‘rsatish haqida o‘ylagan", — deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti.

"Agar ruslar “Crocus” dagi kabi voqealarda o‘lishga tayyor bo‘lsa va o‘z maxsus xizmatlariga hech qanday savol bermasa, Putin yana bir nechta shunga o‘xshash hodisalardan o‘zining shaxsiy hokimiyati maqsadida foydalanishga harakat qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati