• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • EI ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tanishdilar

EI ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tanishdilar

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 10:04
Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assosiasiyasi (EUROUZ) bilan birgalikda vebinar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ishbilarmon doiralari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Unda YEI ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni va ularning natijalari bilan tanishdilar.

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov o‘z nutqida ishtirokchilarga mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, investisiyaviy va savdo sohalarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarishlar va chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar, shuningdek, O‘zbekiston va yevropalik sheriklar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bu kabi muloqotlarning muntazam o‘tkazilishi Yevropa kompaniyalari uchun kun tartibini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini va Yevropa biznes doiralari o‘rtasida O‘zbekistonning bozor imkoniyatlariga qiziqish va e’tiborning oshishiga hissa qo‘shishini ta’kidladilar.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati