O‘zbekistondagi uylar soni ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 09:38
O‘zbekistonda qariyb 7,5 millionta uy (kvartira) bor, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikada ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni qarib 7,5 mln tani tashkil etgan.

"Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 % ga oshgan", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mamlakatda 85 mingta yoki 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan.

Endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati