O‘monlik jahongashta sayyoh O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni rejalashtirmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 47
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 09:12
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasida mashhur o‘monlik sayohatchi va tarjimon Nosir al-Nu’maniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘mondan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, mamlakatimiz turizm imkoniyatlari haqidagi materiallarni keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘mon vakiliga O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan infratuzilma hamda xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan o‘monliklar uchun kiritilgan viza yengilliklari haqida ma’lumot berildi.

Nosir al-Nu’maniy shu paytga qadar dunyoning 75 ta mamlakatiga bo‘lganini ta’kidladi. U mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston vakillari bilan ham hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida o‘monlik sayohatchi va tarjimonning O‘zbekiston bo‘ylab safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati