Navro‘z sayyohlar bilan birgalikda o‘zgacha tarzda nishonlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 09:04
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va uning huzuridagi Shimoliy-sharqiy energetika universiteti (Xitoy), “Silk Road Samarkand” turistik markazi va “Stekloplastik” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan festivalda O‘zbekiston va Xitoy hunarmandlari mahsulotlari ko‘rgazmasi, milliy taomlar, sumalak sayli, varraklar shousi, o‘zbek, xitoy, koreys milliy xalq o‘yinlari va choy marosimlari o‘tkazildi.

Samarqand shahri aholisi va xorijlik sayyohlar, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilar Navro‘zni o‘zga millatlar vakillari bilan birgalikda nishonlashdi. Navro‘zga xos an’ana va qadriyatlar namoyish etildi.

Samarqandlik san’atkorlar va universitet ijodkor talabalarning yorqin chiqishlari, raqs hamda teatr tomoshalari tadbir qatnashchilarida qatta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, festival doirasida Markaziy Osiyoda ilk bor “Dragon Boat Regata” musobaqasi o‘tkazildi. Unda Xitoydan keltirilgan “Ajdarho” qayiqlari, baydarka, kannoe va akademik qayiqlar flotiliyasining yurishi namoyish etildi. Professional sportchilar, akademik eshkak eshish va kanoyeda suzish bo‘yicha Osiyo chempionlari va sovrindorlari hamda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabalarining “Irbis” sport klubi a’zolaridan iborat ekipajlar majmuadagi suv havzasi bo‘ylab harakatlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati