Ukraina Sevastopolga hujum uyushtirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 08:50
Rus Telegram-kanallari Ukraina qiruvchi samolyotlar Storm Shadow/SCALP qanotli raketalari yordamida harbiy ob’ektlarga zarbalar bergani haqida xabar bermoqda.

Sevastopol gubernatori Mixail Razvozjayev shaharga "so‘nggi vaqtlardagi eng yirik hujum" uyushtirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning o‘qqa tutilishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.

Sevastopolga hujumda qancha raketa bilan hujum qilingani noma’lum. Razvozjayevning xabar berishicha, havo hujumidan mudofaa tizimi "10 dan ortiq raketalarni" tutib olgan. Boshqa manbalar esa Ukraina hujumda 30 tagacha raketadan foydalangani keltirilgan.

Ukrainaning "Krimskiy veter" Telegram-kanali Belbek harbiy aerodromiga va Sevastopoldagi Rossiya Qora dengiz flotining bosh maxsus aloqa markaziga raketalar bilan zarba berilgani haqida yozmoqda.

"Uchuvchilarimiz va dengizchilarimizga muvaffaqiyatli jangovar harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman! Qrim - bizniki!", — deya o‘z Telegram-kanalida yozdi Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati