• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Turkiyada shifoxonadan 50 mln so‘mdan ziyod qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

Turkiyada shifoxonadan 50 mln so‘mdan ziyod qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 06:44
Turkiyada shifoxonadan 50 mln so‘mdan ziyod qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2024 yilning boshlarida Turkiyaga kelib, og‘ir kasal bo‘lib Samsun Eğitim Araştırma davlat shifoxonasiga tushib qolgan fuqarodan murojaat kelib tushgan. U shifoxonadan 137 000 turk lirasi (53 million so‘mdan ziyod) miqdorida qarz bo‘lib qolgan.

Anqara shahridagi elchixona va Istanbul shahridagi Bosh konsulxona birgalikda hamda “ADS huquq” advokatlik firmasi bilan hamkorlikda fuqaroning shifoxona to‘lovlarini aksariyat qismini qisqartirgan holda O‘zbekistonga yetib olishi ta’minlab berildi.

“Bu holat yuzasidan yordam bergan faol vatandosh va “ADS huquq” advokatlik firmasi xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati