Endi muzeylarga virtual sayohat qilish imkoni bor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-03-2024, 06:38
Madaniy meros agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, respublika hududida joylashgan muzey-qo‘riqxonalarning virtual platformasi yaratildi. Madaniy meros agentligi tomonidan ishlab chiqilgan sayt muzey eksponatlari bilan onlayn shaklda tanishish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, platformada 20 dan ortiq muzey-qo‘riqxona haqida ma’lumotlar mavjud. Kelgusida virtual muzeylar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, davlat rahbarining 2023 yil 1 iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlariga virtual sayr (360 darajadagi media materiallar)ni tashkil etish belgilangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati